2023 yil fevral oyida sodir bölgan zilzilalardan Turkiyaga yetkazilgan zarar 110 milliard dollarni taşkil etdi. Bu haqda mamlakat Ekologiya va şaharsozlik vaziri Mehmet Özhaseki ma’lum qildi. Uning sözlarini Gazete Pencere keltirdi. 

«6 fevraldagi zilzilalardan körgan jami yöqotişlarimiz 110 milliard dollarga baholanmoqda. Mamlakatimiz hududining 66 foizi, fuqarolarining 71 foizi birinçi va ikkinçi toifadagi zilzilalar xavfi ostida», dedi vazir parlamentda.  

Bu mamlakat YaIM 10 foizini taşkil qiladi. 

Özhaseki Istanbuldagi ehtimoliy zilzilaga tayyorgarlik doirasida yöl xaritasi yaratilganini aytdi. 

«U beş yil davomida 1,5 million binoni rekonstruksiya qilişni nazarda tutadi», deb aniqlik kiritdi vazir. 

Uning qöşimça qilişiça, dastlabki bosqiçda 300 mingga yaqin uy-joy quriş möljallanayotgan hududlar allaqaçon tanlab olingan. Vazir bu iş qaçon yakunlanişini aytmadi. 

6 fevral kuni Turkiya janubi-şarqidagi Qahramanmaroş viloyatida bir neça soat içida 7,7 va 7,6 magnitudali vayronkor zilzilalar sodir böldi. Yer silkinişlari Turkiyaning boşqa viloyatlari bilan bir qatorda qöşni davlatlarda ham kuzatildi. Oqibatda, bir qator şaharlarda köplab binolar vayron böldi. Voqea qurbonlari soni 50 mingdan oşib, 115 mingdan ortiq kişi jarohat olgan edi.