Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi boşliği Qahramon Qöçqorovning ma’lum qilişiça. kuçli zilzilalarni qayd etuvçi akselerometrlar Farğona, Namangan, Andijon, Jizzax, Samarqand, Boysun, Nurota, Gazli, Paçkamar stansiyalariga örnatildi.
Seysmik stansiyalarda akselerometrlar MSK-64 şkalasi böyiça 5 va undan yuqori balli zilzila kuçi qayd etilganda seysmik ma’lumotlar seysmik stansiyalardagi maxsus dasturlar orqali avtomatik tarzda tahlil qilinadi hamda zilzilaning Toşkent şahriga yetib keliş vaqti böyiça maxsus xabar keladi.
Örganiş natijalariga köra, respublikada kuçli zilzilalar haqida erta ogohlantiriş milliy tizimini 3 bosqiçda amalga oşiriş belgilandi:
1-bosqiç - 2023 yilda Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti tomonidan işlab çiqilgan kuçli zilzilalar töğrisida barvaqt xabardor qiliş uslubiyoti asosida milliy tizimni test rejimida işga tuşiriş;
2-bosqiç - 2024 yilda Seysmologiya, inşootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlaş sohasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan xarid qilingan 40 dona akselerometrlarni seysmik faol zonalarga örnatiş, seysmik stansiyalar sonini 100 taga yetkaziş hamda qöşni Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston bilan özaro anglaşuv memorandumlari asosida stansiyalar ma’lumotlarini töğridan töğri almaşiş hamda Markaziy Osiyo kuçli zilzilalarni qayd etiş tarmoğini yaratiş;
3-bosqiç - 2025 yillarda jamğarma mablağlari hisobidan yangi akselerometrlar xarid qiliş hamda seysmik kuzatuvlar tarmoği stansiyalari sonini 200 taga yetkaziş şuningdek, kuçli zilzilalarni qayd etiş tarmoğini Xalqaro kuzatuvlar tarmoğiga integratsiyalaş hamda Germaniyaning Seiscomp dasturiy ta’minoti yordamida erta ogohlantiriş tizimini töliq işga tuşiriş.











