Qashqadaryoda 17 yoshli qizning to‘yi va u bilan bog‘liq marosimlar to‘xtatildi
Bolalar ombudsmani erta nikoh bilan bog‘liq holatni o‘rganib, to‘yning oldini olgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Bolalar ombudsmani
Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida 17 yoshli qizning belgilangan to‘yi va u bilan bog‘liq barcha marosimlar to‘xtatildi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, FHDYo tomonidan beriladigan nikoh guvohnomasi bo‘lmay turib, shar’iy nikoh o‘qigan diniy vakil ham javobgarlikka tortilgan. Unga qanday chora ko‘rilganiga aniqlik kiritilmagan.
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, erkak va ayollar 18 yoshdan turmush qurishi mumkin.
Bolalar ombudsmani 22-23 dekabr kunlari erta nikohlar va maktab yoshidagi qizlarga nisbatan unashtiruv marosimlari o‘tkazilishi kabi salbiy holatlar yuzasidan Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala, Kasbi va Koson tumanida o‘rganishlar o‘tkazgan.
Farzandlarini erta turmushga bermoqchi bo‘lgan ota-onalar suhbatga chaqirilib, erta nikohning salbiy oqibatlari tushuntirilgan. Bunday holatga yo‘l qo‘ygan ota-onalar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi eslatilgan.
Ta’kidlanishicha, bolalar ombudsmani unashtiruv marosimi o‘tkazilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan har bir qiz bilan uchrashib, suhbat o‘tkazgan.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyatida 7-sinf qiz unashtirilgani haqida videolavha tarqalgan, uning ota-onasi bu holat aslida farzandining tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir ekani to‘g‘risida tushuntirish bergan edi.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh O‘zbekistonga noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashdagi hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi
O‘zbekiston | 17:07
-
Chorsudagi beshik bozorida do‘konlardan biri yonib ketdi
Jamiyat | 17:05
-
Erdo‘g‘an muxolifat partiyasi yetakchisini sudga berdi
Jahon | 17:01
-
Samarqand iqlim forumida qanday natijalarga erishildi?
O‘zbekiston | 17:01
Mavzuga oid

20:26 / 05.04.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

16:56 / 27.03.2025
Toshkent viloyatida bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

23:40 / 14.03.2025