Rejissyor Jahongir Ahmedov Kun.uz bilan suhbatda uşbu filmning ahamiyati, özbek kinosanoati uçun yangilik bölgan asosiy tomonlari, suratga oliş jarayonlaridagi maşaqqat xususida gapirib berdi. 

Muallifga köra, filmni suratga olişga 3 yildan ortiq vaqt ketgan. Eng oğir va qiyin bosqiç – ssenariy yoziş bölgan. Biz tarixçilar, olimlar, qadimşunoslar bilan jiddiy bahsga kirişdik. Ijod va fan tomonlama keskin munozaralar böldi, oxirida qiyinçilik bilan ssenariy yozişni yakunladik, deydi rejissyor Ahmedov.

Uning qöşimça qilişiça, film, avvalo, millat birligi xususida. Tarixiy şaxs Bahodir Yalangtöşning umr yöli, sinovli hayoti va har qanday holatda ham yurt manfaatini birinçi öringa qöyişini körsatiş – ijodiy jamoa oldida turgan vazifa edi. 

Film özbek kinoçilik sanoati tarixida qolişi uçun sabablar yetarli. Birinçidan, suratga oliş işlari töliq “Özbekfilm” pavilonida bölib ötgan, köçaga çiqilmagan. Ikkinçidan, jahon kino sanoatini jiddiy tahlil qiliş, örganişlardan keyin Özbekistonda analogi yöq yangi panoramali virtual pavilon qurilgan. Uçinçidan, qöşni davlatlardan aktyorlar hamda kaskadyorlar jamoasi taklif qilingan. Törtinçidan, filmni suratga oliş jarayonida birorta eski kostyum va liboslardan foydalanilmagan, töliq yangi tiktirilgan. 

Tarixiy kino, serial, filmlarni tasvirga olişda yana bir qiyin bosqiç bu – reallikni saqlab qoliş va ijod integratsiyasi. Çunki faqat tarixda bölgan voqea-hodisani körsatiş bilan qiziq, tomoşabinni öziga torta oladigan ijod namunalarini yaratib bölmaydi. Töqima voqealar, obrazlar, sahnalar, albatta, qöşiladi. Rejissyor Ahmedov suhbat davomida “Bahodir Yalangtöş”dagi töqima obrazlarga alohida töxtaldi. Qaysi maqsadda bu obrazlar öylab topilgani ham oçiqlandi. 

Biroq ijodiy jamoa film suratga oliş boşlanganida bunga tayyor bölmagan. Ham malaka, ham bilim, ham tajriba, ham jasorat kerak bölgan. Avvalo, töla tarkibda şu yönalişdagi filmlar körib, örganilgan. Keyin esa butun jamoaga aynan millat qahramonini körsatişdek oğir missiya topşirilgani tuşuntirilgan.

“Jarayonda ssenariy yoziş qançalik qiyin bölsa, aktyorlarni tanlab oliş, ularni öz rollariga tasdiqlaş ham xuddi şunday qiyin bosqiçlardan biri. Bahodir Yalangtöş rolini ijro etuvçi aktyorni 20 dan ortiq taniqli, öz nomiga ega ijodkorlar içidan tanlab oldik. Lekin kastingda tanlanmadi, degani – ular yomon aktyorlar, degani emas”, deydi Jahongir Ahmedov. 

Bundan taşqari, rejissyor suhbat davomida kinoçilikdagi muammolarga ham töxtaldi. Avvalo, kadrlar masalasi birlamçi muammo. Bundan taşqari, kaskadyorlik maktabining ölik holda ekani, tarixiy filmlarga libos tikuvçi biror dizayner yoki korxonaning yöqligi, öz işining ustasi hisoblangan texniklar, rassomlar, dizayn ustalarining kamligi – film olişda yaqqol sezilgan. Bir film olinsa, ikkinçisi uçun işlaşga odam qolmaydi, deydi Ahmedov. 

Xalqimiz uzoq işlangan ijod namunalarini, filmlarni kinoteatrlarda körişi kerak. Ijodkorlarning mehnatini hurmat qilişni, sarflangan xarajat ortga qaytişi uçun uni qöllab-quvvatlaşni, tarqab ketgan versiyalarni boykot qilişni bilişi kerak, deya qöşimça qildi rejissyor öz sözini yakunlarkan. 

Şohrux Majidov suhbatlaşdi.