Samarqand şahri va tumanining ayrim hududlaridagi iste’molçilarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uziliş kuzatilmoqda
Energetika vazirligi xabariga köra, bugun, 23 dekabr kuni soat 12:00 da Samarqand viloyatidagi 110 kV «L-Ğarbiy-1, 2» elektr uzatiş tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Samarqand tumani va Samarqand şahrining ayrim hududlaridagi iste’molçilar (16 000 ta) elektr qisman ta’minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda uşbu nosozlik «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Samarqand hududiy filialining maxsus brigadalari tomonidan bartaraf etilmoqda.











