Panorama Airways aviakompaniyasining Toshkent – Madina yo‘nalishi bo‘yicha 5P5381 va 5P5369 reyslari poytaxt aeroportida samolyotlarning kech yetib kelgani sababli 12 soatdan ortiq kechiktirildi.

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, aviakompaniya yo‘lovchilarni ichimliklar va issiq ovqat bilan ta’minlab, mehmonxonada joylashtirishni taklif qilgan.

Har ikki reys ham yaqin soatlarda manzil aeroportiga jo‘nab ketishi rejalashtirilgani aytiladi.

Parvoz jadvaliga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni aviatashuvchidan olish mumkin.