Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi mansabdori 50 ming dollar pora olayotganda ushlandi
Mansabdor viloyatdagi AYoQShlardan biriga litsenziya berish hamda 2024 yilda nazorat organlari tomonidan tekshirish e’lon qilinganda oldindan ogohlantirish uchun 100 ming AQSh dollari talab qilgan.
“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdor shaxsi pora olayotganda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 28 dekabr kuni Buxoro viloyati prokuraturasi, Departament, IIB va DXX viloyat boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdor shaxsi S.A. hududdagi AYoQShlardan birida o‘tkazilgan tekshirish yakuni bo‘yicha mazkur shoxobcha faoliyatini tiklab berish, yana bir AYoQShga esa faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish hamda 2024 yilda nazorat organlari tomonidan tekshirish e’lon qilinganda, uni oldindan ogohlantirish evaziga 100 ming AQSh dollari pora talab qilgan.
Mansabdor Buxoro shahar tug‘uruq kompleksi yonida kimyoviy ishlov berilgan 50 ming dollarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Holat bo‘yicha S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibida ushlangan. Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Odinroq DXX Xorazmda Milliy gvardiya markazi boshlig‘ini, Toshkent shahrida advokatni, Buxoroda esa “IIB xodimi”ni pora olayotganda ushlagandi.
Mavzuga oid
00:06 / 07.06.2026
Surxondaryoda 4000 dollar evaziga departamentga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
08:18 / 04.06.2026
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
16:01 / 02.06.2026