Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen Samarqand şahrida bölib ötayotgan Rapid (tezkor şaxmat) böyiça jahon çempionatida ğolib çiqdi. 

Ötkazilgan öyinlar natijasida 33 yoşli sportçi 10 oçkoni qölga kiritdi. Norvegiyalik sportçi sönggi turda Hindiston vakili Rameşbobo Pragnanandha bilan durang natija qayd etib, raqiblarini ortda qoldirdi. 

«Baxtiyorman. Keçagi öyinlardan unçalik mamnun emasdim, şuning uçun vazifani murakkablaştirişga hojat yöq deb qaror qildim. Balki bugun men biroz ehtiyotkor öynagandirman», deb şaxmatçi sözlarini keltiradi NRK. 

Şu tariqa Karlsen tezkor şaxmat böyiça beş karra jahon çempioniga aylandi. U avval 2014, 2015, 2019 va 2022 yillarda ham jahon çempioni bölgan.