Sayyoramizning eng badavlat 500 nafar odamining umumiy boyligi 2023 yilda 1,5 trillion dollarga oşdi, Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask Bloomberg Billionaires reytingida yana birinçi örinni egalladi.
Maskning boyligi bu yil Tesla aksiyalari qiymati 105 foizga oşgani (ikki barobar) evaziga 95,4 milliard dollarga köpayib, 232,4 milliard dollarga yetdi. Natijada, u bir yil davomida reytingda birinçi örinni egallagan fransuz milliarderi Bernar Arnodan özib ketdi.
Arno dunyodagi eng yirik haşamatli mahsulotlar işlab çiqaruvçi LVMH Moet Hennessy Louis Vuitton SA kompaniyasiga egalik qiladi. Jahon iqtisodiyotidagi umumiy tanazzul va haşamatli tovarlarga talabning pasayişi LVMH aksiyalari qiymatining ösişini çeklab qöydi, kompaniya aksiyalari joriy yilda 8,4 foizga qimmatlaşdi. Ayni paytda Maskning boyligi Arnonikidan 50 milliard dollarga köproq.
Amazon asosçisi Jyeff Bezos bu yil boyligiga 70 milliard dollar qöşib, Arno bilan tenglaşdi.
Microsoft korporatsiyasi asosçisi Bill Geytsning boyligi 2023 yilda 140 milliard dollarga, Microsoft kompaniyasining sobiq boş direktori Stiv Balmerniki 130 milliard dollarga oşdi. Bloomberg Billionaires reytingida Geyts va Balmer kuçli beşlikni yakunlab turibdi.
Dunyoning eng badavlat odamlari reytingining yuqori öntaligida Mark Tsukerberg (AQŞ, texnologiyalar, 130 mlrd), Larri Peyj (AQŞ, texnologiyalar, 127 mlrd), Larri Ellison (AQŞ, texnologiyalar, 124 mlrd), Sergey Brin (AQŞ, texnologiyalar, 120 mlrd) va Uorren Baffet (AQŞ, investitsiya, 120 mlrd) ham bor.









