Özbekistonda 2023 yil 1 yanvardan boşlab, import qilingan avtomobillarni faqat işlab çiqaruvçi korxonaning rasmiy dileri tomonidan sotilişiga oid talab bekor qilingan va bu avtomobil bozorida raqobat muhitini yaxşilaşda muhim qadam deb baholangan edi. Ma’lum bölişiça, hozirda bu tartibni qayta tiklaş masalasi körib çiqilmoqda.

Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududiga yengil avtomobillar olib kirişni va ularning muvofiqligini baholaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi tarqaldi. Loyiha project.gov.uz portaliga idoralararo kelişuv uçun joylangani aytilmoqda.

Loyihada yangi import avtotransport vositalari faqat yuridik şaxslar – işlab çiqaruvçi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan servis markazlarini taşkil etiş şarti bilan sotilişi nazarda tutilgan.

Şuningdek, bir yilda 50 donadan köp elektromobil sotgan tadbirkorlik sub’yektlariga ularni quvvatlaş stansiyasini taşkil etiş va uzluksiz işlaşini ta’minlaş majburiyati yuklatilişi mumkin.

Qaror loyihasiga köra, jismoniy şaxslar tomonidan 1 yilda 1 marta öz ehtiyoji uçun, öz nomiga rasmiylaştirilgan holda olib kiriladigan transport vositalari majburiy sertifikatlaşgan ozod etiladi.

Ayni paytda, jismoniy şaxslar tomonidan avtotransport vositalarini tijorat maqsadida respublikaga olib kiriş taqiqlanişi mumkin. Jismoniy şaxs transport vositasini olib kirayotganida tijoriy maqsadni közlaganiga qanday baho berilişiga aniqlik kiritilmagan.

Şuningdek, davlat korxonalari va tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan öz ehtiyojlari uçun olib kiriladigan, respublika hududida sotiş uçun möljallanmagan transport vositalarini ham majburiy sertifikatlaşdan ozod etiş taklif etilmoqda. Bunda, jismoniy şaxslardan farqli ölaroq, korxonalarga sertifikatlaşdan ozod etiladigan import transport vositalari soni böyiça çeklov belgilanmagan.

Respublika hududiga tijorat maqsadlarida olib kiriladigan transport vositalari, elektrobus va eletromobillarga xorijiy davlatlarining mavjud sertifikatlari yoki akkreditatsiyalangan laboratoriyalari tomonidan taqdim etilgan sinov bayonnomalari asosida hamda Özbekiston Respublikasida akkreditatsiyalangan laboratoriyalarning imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda,