Tomskning Sovetsk tuman sudi 29 dekabr, juma kuni yopiq eşiklar ortida ötkazilgan majlisda şahar dumasi deputati, ayni paytda muxolifatçi siyosatçi Navalniyning mahalliy ştabi koordinatori bölgan Kseniya Fadeyevani 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bundan taşqari, Fadeyeva 500 ming rubl miqdorida jarimaga tortildi.
Navalniy ştabining sobiq rahbari öz mansab mavqeyidan foydalangan holda ekstremistik hamjamiyat faoliyatini taşkil etiş va fuqarolarning şaxsi hamda huquqlarini buzuvçi notijorat taşkilot işida iştirok etişda aybdor deb topildi.
«Uşbu sud jarayonida sodir bölganlarning adolatga aloqasi yöq. Ötgan haftada bizni haqiqatdan ham masxara qilişdi. Himoya dalillarni taqdim etiş bosqiçida çeklab qöyildi, jinoyat protsessida tortişuv tamoyili qöpol ravişda buzildi. Ayblov tomoni bir neça oy, 25 dan ortiq sud majlislari davomida dalillarni taqdim etdi. Himoyaga esa dalil taqdim etiş uçun tört kun vaqt berildi», dedi Fadeyevaning himoya vakili «Mediazona»ga hukmdan keyin.
Fadeyevaga qarşi iş
Fadeyeva 2021 yilning dekabrida qölga olingan. 2023 yil avgust oyida deputatning işi körib çiqiş uçun sudga yuborilgan. 2023 yil oktyabr oyining oxirida Fadeyevaning ehtiyot çorasi muayyan harakatlarni taqiqlaşdan uy qamoğiga özgartirildi. 13 noyabr kuni esa sud uni davlat ayblovçisining iltimosiga binoan tergov izolyatoriga jönatdi. Prokuratura ayblanuvçining aybdor ekanini bildirdi va unga 10,5 yil muddatga umumiy tartibdagi koloniyani söradi.
«Memorial» inson huquqlari jamiyati Fadeyevani siyosiy mahbus deb biladi. Ta’qibga uning Navalniyning ştabida işlaşi sabab bölgan.













