Prezidentning 2023 yil 29 dekabrdagi tegişli qarorlariga muvofiq, taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidovning yangi örinbosarlari tayinlandi. 

Taşqi işlar vaziri örinbosari Baxromjon Jöraboyeviç A’loyev taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari etib tayinlandi;

A’loyev Baxromjon. Foto: TIV

A’loyev muqaddam Özbekistonning Kuvaytdagi muvaqqat işlar vakili maslahatçisi lavozimida ham işlagan. Diplomat 2008−2012 yillarda Özbekistonning Fransiyadagi elçixonasini boşqargan, Taşqi işlar vazirligining MDH davlatlari va Rossiya bilan hamkorlik boşqarmasi boşliği lavozimida ham faoliyat körsatgan. 2022 yil noyabridan buyon taşqi işlar vaziri örinbosari edi.

Taşqi işlar vazirida yana yangi ikki örinbosar paydo böldi - ular vakant turgan lavozimlarni egallaşdi. 

Muzaffarbek Anvarbekoviç Madrahimov TIV rahbarining örinbosari böldi. U uşbu lavozimga tayinlangunga qadar Taşqi işlar vazirligining Amerika (2018 yildan), Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik departamentiga rahbarlik qilgan.

Madrahimov Muzaffarbek

Rahmatulla Ibragimoviç Nurimbetov ham vazirga örinbosar etib tayinlandi. Nurimbetov bungaça TIVning MDH mamlakatlari bilan hamkorlik departamentiga rahbar bölgan.

Nurimbetov Rahmatulla