AQŞ Iroq poytaxti Bağdodga zarba berdi, oqibatda şia militsiyasi «Hizbulloh an-Nujaba» qömondonlaridan biri öldirildi. Bu haqda Reuters amerikalik amaldorga tayanib yozdi.
Iroq politsiyasining ma’lum qilişiça, dron «Hizbulloh an-Nujaba» harakati vakillari foydalanadigan obektga kamida ikkita raketa zarbasini bergan. Tört kişi, jumladan qömondon va uning bir yordamçisi halok bölgan.
Reuters manbasiga köra, AQŞ harbiylarining nişoni aynan qömondon bölgan. Zarba uni yöq qiliş maqsadida berilgan. Avvalroq u AQŞ harbiylariga hujum uyuştirganlikda ayblangan edi.
Iroq xavfsizlik xizmati vakiliga köra, zarbani kim bergani haqida heç qanday ma’lumot yöq.
26 dekabr kuni AQŞ harbiylari Iroqdagi «Kataib Hizbulloh» jangarilari obektlariga zarba bergan edi. Bu Iroqning Erbil şahridagi AQŞ harbiy bazasiga berilgan zarbadan keyin yuz berdi.









