
2023 yil yozida Xitoyda 11,6 million talaba kollejlarni tamomlab, mehnat bozoriga kirişi kutilayotgandi. Ammo sönggi 3 yilda mamlakatning iqtisodiy ösişidagi sekinlaşuv sabab rekord darajada işsizlik yuzaga kelgan. Xususan, şaharlarda 16 yoşdan 24 yoşgaça bölganlarning işsizligi 21,3 foizga yetgan.
Ma’lumotlarga köra, hozirga kelib bu körsatkiç yanada oşgan bölişi mumkin, çunki Xitoy milliy statistika byurosi xalqaro reytinglardan tuşib ketmaslik uçun işsizlik darajasini e’lon qilmay qöygan. Ammo amaldagi holatda bu raqamlar oşganini va hatto talabalarga salbiy ta’sir qilganini kuzatiş mumkin.
Masalan, ötgan öquv yili bitiruvçilari uçun diplom oliş jarayoni bayram şukuhi bilan ötmagan, oliy ma’lumotli, diplomli kadrlarning mehnat bozoridan iş topolmayotgani ularning kayfiyatini ança tuşirgan. Internetga bunga dalolat qiluvçi qator suratlar tarqalgan.


UNICEF'ning ogohlantirişlariga köra, Xitoyda kuzatilayotgan yoşlar işsizligi hal etilmasa, vaqt ötgan sari mamlakatda tartibsizliklar kelib çiqişiga zamin yaratişi mumkin. Dunyodagi ikkinçi eng yirik iqtisodiyotda bunday bölişi nafaqat içki, balki xalqaro darajada, ayniqsa Xitoy bilan eng qalin savdo aloqalariga ega mamlakatlarda ham öz ta’sirlariga ega böladi.
Işsizlik ayniqsa koronavirus pandemiyasi oqibatida avj olgan edi. Hukumat xususiy va davlat korxonalari köproq xodimlarni işga oliş uçun subsidiyalar ajratiş, kollejlar va universitetlar zimmasiga bitiruvçilarni işga joylaş böyiça köproq majburiyatlar yuklaş hamda boşqa çoralarni köryapti, lekin şaharlar aholisining 80 foizini iş bilan ta’minlayotgan xususiy kompaniyalarga bu çoralar yetarli bölmayapti – ular qattiq karantin oqibatlaridan hamon öziga kela olmagan.











