Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham foto va videoga qayd etish huquqi berilmoqda
Bunda tadbirkor jarima sifatida undirilgan mablag‘ning 20 foizi miqdorida pul bilan rag‘batlantiriladi.
Endilikda avtomobil yo‘llarida foto va video qayd etish vositalarini o‘rnatgan tadbirkorlar ekologik huquqbuzarliklarni ham qayd etishi va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga xabar berish mumkin. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bu tartib “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmonida qayd etib o‘tilgan. Farmon bilan avtomobil yo‘llarida radar o‘rnatgan tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni qayd etish va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga xabar berish huquqi ham berilmoqda. Bunda tadbirkor jarima sifatida undirilgan mablag‘ning 20 foizi miqdorida pul bilan rag‘batlantiriladi.
Shuningdek, har yili eng uzoq (kamida 10 yil) va sadoqatli xizmat ko‘rsatgan sanitar tozalash korxonalari xodimlari uchun “Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” tanlovi o‘tkaziladi. Mazkur xodimlardan 100 nafarining davlat OTMga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga kontraktining to‘liq summasi to‘lab beriladi.
Bundan tashqari, har yili “Eng toza mahalla” tanlovi o‘tkazilib, tanlovda g‘olib bo‘lgan 14 ta mahallaga chiqindi yig‘ish maydonchasi qurish, chiqindi konteynerlarini o‘rnatish va daraxt ekish uchun jami 500 mln so‘m pul hamda xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil berilishi ham ko‘zda tutilgan.
Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 apreldan:
— ko‘chmas mulk hamda avtotransportlar bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlashda qarzdorlik mavjudligi Yagona elektron tizim orqali onlayn tekshirilib, qarzdorlik bartaraf etilgach notarial harakat amalga oshiriladi;
— barcha sanitar tozalash korxonalari Yagona elektron tizim orqali xizmat ko‘rsatadi, tizimga ulanmagan korxonalar bilan shartnoma bekor qilinadi va ular xizmat ko‘rsatadigan hududlar davlat-xususiy sheriklik asosida boshqa korxonaga beriladi.
Oldinroq mazkur farmon bilan chiqindi olib chiqib ketish bo‘yicha qarzi borlarga elektr uchun to‘lov qilish cheklab qo‘yilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:04 / 03.05.2026
PPX xodimini 14 yoshli qizga shilqimlik qilganlikda ayblagan yigit qamaldi
17:57 / 16.04.2026
Chorvoqda chiqindilar noqonuniy tashlanishiga qarshi kameralar o‘rnatilmoqda
15:16 / 13.04.2026
Bo‘stonliq tumanidagi «noqonuniy chiqindixona» bartaraf etildi
18:47 / 06.04.2026