Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari Rahmatulla Nurimbetov Rossiya elçisi Oleg Malginov bilan uçraşuv ötkazdi.

TIV ma’lumotiga köra, suhbat çoğida Özbekiston–Rossiya keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi uçraşuvlar yakunlari böyiça erişilgan barça kelişuvlarni har tomonlama amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Turli darajadagi bölajak tadbirlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.