Saudiya Arabistoni barcha xaridorlar uchun neft narxini pasaytiryapti
Ar-Riyodning bunday qarorga kelishiga jahon neft bozoridagi talab kamligi sabab bo‘lgan. Saudi Aramco’ning asosiy bozori - Osiyo uchun Arab Light neft turi narxi bir barrelga 1,5 dollargacha pasaytiriladi.
Saudiya Arabistoni barcha hududlardagi xaridorlar uchun fevral oyida yetkazib beriladigan neft narxini pasaytirmoqda, deb yozadi Bloomberg 7 yanvar, yakshanba kuni. Qaror jahon bozoridagi zaif talab fonida qabul qilindi.
Saudiya neftining narxi ma’lum bir bozor uchun standart tur bo‘lgan benchmarkka ustama orqali aniqlanadi. Shu tariqa, Ar-Riyodning asosiy bozori – Osiyoga yetkazib berish uchun Arab Light neft turi bo‘yicha ustama narx 2 AQSh dollariga pasaytiriladi va barrel uchun 1,5 dollarni tashkil qiladi. Shu bilan birga, Bloomberg tomonidan so‘rovda qatnashgan neftni qayta ishlash zavodlari va treyderlar 1,25 dollarga pasayishni kutgan. Qirollikning Saudi Aramco milliy neft kompaniyasi ham Shimoliy-G‘arbiy Yevropa, O‘rta Yer dengizi va Shimoliy Amerikaga fevral oyi uchun yetkazib berish narxini pasaytirmoqda.
Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvi neft narxi sakrashiga olib kelmadi
2023 yilda jahon bozorida neft narxi 2020 yildan beri birinchi marta pasaydi. Bloomberg’ning qayd etishicha, bozor HAMAS harakatining Isroilga hujumidan keyin Yaqin Sharqdagi keskinlashuvga narxlar sezilarli darajada oshishi bilan hali javob bermadi. Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, Yamandagi Eron bilan bog‘liq husiychi jangchilarning Qizil dengizdagi savdo kemalariga hujumlari ham haligacha ta’minotning uzilishiga olib kelgani yo‘q.
Neft iste’moli odatda fevral va mart oylarida kamayadi. Neftni qayta ishlash zavodlari ushbu davrdan texnik xizmat ko‘rsatish uchun foydalanadi.
Mavzuga oid
20:22 / 08.01.2025
Xitoy Rossiyaning maxfiy floti uchun portlarni yopmoqda – OAV
15:55 / 07.01.2025
Saudiya Arabistonida yomg‘irlar tufayli Makka va Madinani suv bosdi
20:00 / 06.01.2025
Namanganda ona-bolani Haj ziyoratiga yuborish evaziga 10 ming dollar olgan shaxs ushlandi
15:34 / 03.01.2025