Ijtimoiy tarmoqlarda Paynet şoxobçasida plastik kartaga pul tuşirib, lekin naqd pulni bermasdan qoçib ketayotgan şaxsning videolari tarqalib turli muhokamalarga sabab bölmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB tomonidan ötkazilgan örganişlar jarayonida quyidagilar aniqlandi.
Joriy yilning 3 yanvar kuni 1993 yilda tuğilgan Xusanov Kamron Xisrav öğli Olmazor tumanidagi Paynet şoxobçasiga kirib, plastik kartasiga 682 000 söm miqdoridagi pulni ötkazişni söragan. Aytilgan pul miqdori plastik kartasiga tuşirilgandan söng, K.Xusanov naqd pulni tölamasdan şoxobçadan qoçib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda u boşqa bir şoxboçada ham şu harakatini sodir etgani yoki şunga uringani aks etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi («Talonçilik») alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
«Hurmatli fuqarolar, agar siz uşbu şaxsdan jabr körgan bölsangiz yoki uning jinoiy xatti-harakatlari böyiça ma’lumotlarga ega bölsangiz, Toşkent şahar IIBBning 71-206-49-44, 71-206-46-35 yoki 102 raqamlariga murojaat qilişingizni söraymiz», deyiladi xabarda.













