Bugungi kunda eng “trenddagi” mavzu sun’iy intellektdir. 21-asr texnologiyalar asri va texnologiyalar bu — kelajak degani. Xöş, bu borada Özbekiston nimalar qilmoqda? Sun’iy intellekt orqali özbek tarixini va san’atini “tiriltirayotgan” Hikmatulla Ubaydullayev Kun.uz mehmoni böldi.
— Sun’iy intellekt odamlardan işini tortib olmaydimi?
— Rostdan ham bu savol hozir juda dolzarb. Sun’iy intellektning özi odamlarning işini olib qöymaydi. Lekin sun’iy intellektdan unumli foydalana oladigan boşqa odamlar tortib olişi mumkin. Sun’iy intellektning aynan özidan qörqiş kerak emas, balki uni yaxşilab örganiş kerak.
— Ayni qaysi sohalarda sun’iy intellekt ta’siri sezilmoqda?
— Sun’iy intellekt media soxasiga şiddat bilan kirib keldi ayniqsa. Tasvir ustida işlaş, montaj qiliş kabilarda qöl kelyapti. Çet elda şu darajaga çiqdiki, televideniyeda boşlovçilarning sun’iy intellekt şakli yaratilib (avatar), dasturlar olib borilmoqda.
— Salbiy tomonlari qanday?
— Salbiy tomonlar hamma narsada bor. Deylik, oddiy piçoqdan oşxona anjomi sifatida foydalaniş mumkin, qurol sifatida ham foydalaniş mumkin. Sun’iy intellekt ham nima maqsadda, kimning qölida işlatilişiga qarab foydali yoki zararli bölişi mumkin. Masalan, 2022 yil oxirlari, 2023 yil boşlarida köpgina feyk suratlar tarqaldi, bu orqali feyk xabarlar ham çiqdi. Bir tomondan yaxşi keys böldi bular, çunki faktçeking qiliş kerakligi, tekşiriş lozimligi örtaga çiqdi.
— Olamdan ötib ketgan dublyaj aktyorlarimizning ovozini sun’iy intellekt orqali tiklaş haqida ham gap bor edi. Şu haqida gapirsangiz.
— 2019 yilda rossiyalik rejissyor öşa ötib ketgan Rossiya aktyorlarining ovozini tiklaş loyihasini taqdimot qilgandi. Şunda özbek aktyorlarining ovozini tiklaş ğoyasi paydo bölgan. Şu loyiha ustida 1 yildan beri işlayapmiz. Hozir Hojiakbar Nurmatov, Sanjar Sa’dullayev, Hamza Umarovlarning ovoz modellarini yaratib kördik.
Maqsadimiz — şu durdona ovozlarni efirga qaytariş. Şaxsan men bu ovozlarni juda soğinganman, xalqimiz ham şunday bölsa kerak. Asosan dublyaj va audiokitoblar yaratişda işlatiş rejalaştirilgan.
— «Boburnoma» loyihasi, jadidlar qiyofasini tiklaş işlari haqida gaplaşsak, bu ğoyalar qanday paydo bölgan?






