Ekvadorning Guayakil port şahrida 9 yanvar, seşanba kuni qurollangan şaxslar töğridan töğri efir vaqtida TC Televisión davlat telekanaliga bostirib kirdi hamda bir neça jurnalist va xodimlarni garovga oldi. Jonli efir töxtatilmadi, ammo suratga oliş maydonçasidagi çiroqlar öçirilib, baqiriqlar, öq ovozlari va xodimlar kaltaklanayotgani eşitilgan.

TC yangiliklari koordinatori va muxbiri Leonardo Flores Morenoning Reuters agentligiga aytişiça, hujumçilar qabulxonaga bostirib kirib, telekanal xodimlariga hujum qilgan va «dinamit qöygan». Ikki kişi jarohatlangan, şundan söng translatsiya töxtatilgan. Keyinroq politsiya «tartib örnatilgani»ni va hujumçilardan 13 nafari qölga olinganini ma’lum qildi. 

Prezident içki qurolli töqnaşuv haqida ma’lum qildi 

Telekanaldagi voqeadan köp ötmay va Ekvadorda banditizm kuçaygani munosabati bilan mamlakat prezidenti Daniel Noboa barça jinoiy guruhlarni yöq qilişga buyruq berdi. Seşanba kuni keçqurun e’lon qilingan farmonda u «içki qurolli mojaro» rejimini e’lon qilib, qurolli kuçlarga yigirmaga yaqin jinoiy taşkilotlarga qarşi operatsiya ötkazişni buyurdi. Farmonda Ekvadorda faoliyat yuritayotgan jinoiy tödalar yöq qilinişi lozim bölgan terrorçi taşkilotlar va uruş qatnaşçilari deb ataladi. 

Ekvadorda favqulodda holat e’lon qilindi

Bir kun oldin, qamoqxonalarda zöravonlik avj olgan bir paytda, prezident Noboa mamlakatda 60 kunlik favqulodda holat haqida e’lon qildi. Bu davrda mamlakatda soat 23:00 dan 5:00 gaça komendantlik soati joriy etiladi. 

Şundan söng Ekvadorda darhol bir neçta qurolli hujumlar sodir böldi, ular davomida kamida tört nafar politsiyaçi öğirlab ketildi. Mamlakatning ikkinçi yirik şahri Guayakil meri Akilesa Alvaresning 9 yanvar kuni bölib ötgan matbuot anjumanida ma’lum qilişiça, kun davomida şaharning turli joylarida sodir etilgan hujumlarda kamida sakkiz kişi halok bölgan, ikki kişi yaralangan. 

Katta jinoiy guruh rahbari qamoqdan qoçib ketdi 

Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilinişiga hibsxonalarda yuzaga kelgan tartibsizlik sabab böldi. Jinoiy guruhlar qamoqxonalarda şiddatli janglar uyuştirgan, qöriqçilarni garovga olgan. «Los Çoneros» katta jinoiy tödasi rahbari, «Fito» laqabli narkobaron Adolfo Masias qoçişga muvaffaq böldi, deb xabar berdi qamoqxona rasmiylari.