Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari Rahmatulla Nurimbetov Ukraina elçisi Mikola Doroşenko, Belarus elçisi Leonid Mariniç va Turkmaniston elçisi Şadurdi Meredov bilan alohida uçraşuvlar ötkazdi.

TIV ma’lumotiga köra, muzokaralarda Özbekiston bilan uşbu davlatlar örtasidagi siyosat va diplomatiya, savdo va investitsiya, transport va logistika, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlik hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi munosabatlarini yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Parlamentlararo va mintaqalararo aloqalarni mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yilda turli darajalarda ötkazilişi rejalaştirilgan qöşma tadbirlar jadvali va taşkiliy jihatlari yuzasidan fikr almaşildi.