AQŞ prezidenti Jo Bayden 10 yanvar, çorşanba kuni Rossiyada josuslikda ayblangan amerikalik sobiq dengiz piyoda askari Pol Uilanning singlisi bilan uçraşib, ma’muriyatning uni «ozod etiş borasidagi sa’y-harakatlari»ni muhokama qildi, deb yozadi Amerikaning The Hill naşri Oq uyga tayanib.
Milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi Jyeyk Sallivan iştirok etgan uçraşuvdan söng, Oq uy rahbari Uilanning ota-onasi bilan telefon orqali gaplaşdi.
Pol Uilan 2018 yilning dekabrida Moskvada qölga olingan edi. Rossiyalik tergovçilar uni Amerika razvedka idoralarida razvedkaçi sifatida işlaganlikda aybladi. Rossiya rasmiylariga köra, Uilan Rossiyada maxfiy ma’lumotlarni töplagan hamda «FSB» va Mudofaa vazirligi xodimlarini yollaşga uringan. 2020 yil yozida amerikalik 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Pol Uilan öz aybini tan olmadi. Qöşma Ştatlar uning hibsga olinişini noqonuniy deb atadi, Rossiya ayblovlarini tanqid qildi va Amerika fuqarosi ustidan sud jarayonini soxta jarayon sifatida baholadi.
Ozod qilişga urinişlar muvaffaqiyatsizlikka uçradi
The Hill xabarida aytilişiça, Uilan va 2023 yil mart oyida Rossiyada josuslikda ayblanib hibsga olingan The Wall Street Journal muxbiri Evan Gerşkoviçning ozod etilişi Bayden ma’muriyati uçun ustuvor vazifa hisoblanadi.
Bayden ma’muriyati 2022 yil dekabr oyida qurol sotuvçi Viktor Butning Rossiyaga topşirilişi evaziga ozod qilingan amerikalik basketbol yulduzi Brittni Grayner işi böyiça mahbuslar almaşinuvi doirasida Uilanning qaytarilişiga erişa olmadi.
Vaşington rasmiylari josuslik ayblovlari tufayli rossiyaliklar Graynernikidan köra Uilanning ozod qilinişi böyiça qat’iyroq talab qöyayotganini aytib keladi. Gerşkoviçga nisbatan ham xuddi şunday ayblovlar uning ozod etilişini qiyinlaştirmoqda.
Uilan AQŞ rasmiylarini tanqid qilgan
Beş yildan ortiq vaqtdan beri Rossiya qamoqxonasida ötirgan Uilan özini «vatani tomonidan taşlab qöyilgan» deb hisoblab, Amerika rasmiylari harakatlarini bir neça bor tanqid qilgan. U özini Qöşma Ştatlar va Rossiya örtasidagi mahbuslar almaşinuvi röyxatiga kiritmaslik qarorini «jiddiy xiyonat» deb baholadi.
Rossiya prezidenti Putin, öz navbatida, AQŞ bilan mahbuslar almaşinuvi böyiça muloqot «davom etayotganini, ammo bu oson emasligini» ta’kidladi. Uning sözlariga köra, Rossiya tomoni mahbuslarni qaytarişdan boş tortmagan va «özaro maqbul» şartlar böyiça kelişuvga erişmoqçi.

















