“Kapital suğurta” AJning moliyaviy hisobotlarini örganiş natijalariga köra qonunçilik hujjatlarida belgilangan me’yorlarga rioya qilinmaganlik faktlari aniqlanib, 162 mln söm miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi axborot xizmati xabar berdi.
“Özbekiston Respublikasining “Suğurta faoliyati töğrisida”gi qonuni 47-moddasi, “Lisenziyalaş, ruxsat beriş va xabardor qiliş tartib-taomillari töğrisida”gi qonuni 32-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi yagona nizomning 41-bandi hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegişli qaroriga asosan “Kapital suğurta” AJga suğurta faoliyatini amalga oşiriş böyiça berilgan 2022 yil 22 noyabrdagi 049696-sonli litsenziya 2024 yil 11 yanvar sanasidan boşlab 10 kun muddatga töxtatildi”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Bunda kompaniyaga yangi suğurta (qayta suğurta) şartnomalarini tuziş, amaldagi suğurta (qayta suğurta) şartnomalarini uzaytiriş taqiqlanadi. Öz navbatida ilgari tuzilgan şartnomalari böyiça öz zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarişda davom etadi.











