Özbekiston elçisi Ravşan Usmonov Buyuk Britaniyaning «Qörğoşin ta’siriga qarşi kuraşiş loyihasi» (LEEP) nodavlat notijorat taşkiloti koordinatori Çarlz Lyudon va menejyer Bol Dxital bilan uçraşuv ötkazdi.

«Dunyo» xabariga köra, «Qörğoşin ta’siriga qarşi kuraşiş loyihasi» NNT şaklidagi taşkilot bölib, BMTning atrof-muhitni muhofaza qiliş dasturi va Jahon soğliqni saqlaş taşkilotlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. LEEP  Jahon qörğoşinli böyoqlarni yöqotiş xalqaro alyansi a’zosi hisoblanadi.

Uçraşuv davomida Özbekistonda kundalik turmuş davomida foydalaniladigan turli böyoqlar va şunga öxşaş mahsulotlarning qörğoşin darajasini aniqlaş böyiça rejalaştirilgan loyihani amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Xorijiy tomonga köra, LEEP Özbekistonda olib bormoqçi bölgan izlanişlari davomida mahalliy bozordagi böyoqlarni örganib çiqiş orqali ular tarkibidagi qörğoşin darajasini aniqlaydi va mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Quriliş vazirligiga öz takliflarini taqdim etadi.

Izlanişlar töliq LEEP tomonidan moliyalaştiriladi va uşbu loyihaga kelgusida 250 ming AQŞ dollari ajratilişi rejalaştirilgan.

Muzokaralar yakunida, tomonlar mazkur loyihaning dastlabki bosqiçi sifatida Britaniya delegatsiyasining respublika safarini 8-26 yanvar kunlari taşkil etiş va taşrif davomida Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi bilan hamkorlikda «Qörğoşin darajasini pasaytiriş böyiça mahorat darslari»ni ötkazişga kelişib oldi.