Qozoğistonning Manğistau oblastidagi qoraqalpoq diasporasi rahbari Niyetbay Urazbayev 9 yanvar kuni 54 yoşida Olmaotadagi kasalxonada yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda mahalliy naşrlar xabar tarqatgan.

Niyetbay Urazbayev 1969 yilda Qoraqalpoğistonning Xöjayli tumanida tuğilgan. U 2004 yildan Qozoğistonda yaşab kelgan, Manğistau oblasti «Allayar joli» qoraqalpoq etnik-madaniy birlaşmasi raisi bölgan, 2017 yilda Özbekiston fuqaroligidan çiqib, Qozoğiston fuqaroligini olgan.

Özbekiston 2022 yil oktyabrida unga konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilgani uçun davlatlararo qidiruv e’lon qilgan.

Urazbayevga 2023 yil 10 may kuni Qoraqalpoğiston sudining Jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati tomonidan 2022 yil iyulidagi Nukus voqealari böyiça jinoiy işda ayblov e’lon qilingan va keyinroq sirtdan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi.