10 may kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi sudining Jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati tomonidan sudlanuvçilar Amanbay Sagidullayev (1967 yilda tuğilgan) va Niyetbay Urazbayev (1969 yilda tuğilgan)ga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayonini yakunladi, deb xabar bermoqda Özbekiston Oliy sudi axborot xizmati.

Qayd etilişiça, jinoyat işi Qoraqalpoğiston Respublikasi sudining Jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati sudyasi Sultanmurat Davletmuratov raisligida birinçi instansiya sudida körib çiqilgan.

“Jinoyat-protsessual kodeksining 410-moddasiga (Sud muhokamasida sudlanuvçining iştiroki) asoslanib, sudlanuvçilar Özbekiston Respublikasi hududidan taşqarida bölganligi va ularni sudga keltiriş imkoni yöqligi bois uşbu jinoyat işi böyiça sud muhokamasi A.Sagidullayev va N.Urazbayevning iştirokisiz ötkazildi”, deyiladi Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov tomonidan e’lon qilingan xabarda.

Amanbay Sagidullayev. Foto: Kaktus.media

Sud tomonidan:

  •  Amanbay Sagidullayev Jinoyat kodeksining 158-moddasi (Özbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qiliş) 3-qismi, 159-moddasi (Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş) 1- va 4-qismlari, 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi va 244-1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) 3-qismi “a”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 59-moddasi (Bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) 3-qismi tartibida 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, jazoning dastlabki 2 yilini turmada, qolgan qismini umumiy tartibli koloniyada ötaş belgilangan;