Rossiyaning Penza oblastida röy bergan yöl-transport hodisasi oqibatida Özbekistonning yetti nafar fuqarosi halok bölgani rasman tasdiqlandi, yana ikki kişi jarohatlangan. Özbekiston FVV hodisasi yuzasidan qöşimça ma’lumot berdi.
11 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 02:20 larda Penza oblasti, Nijnelomov rayoni M-5 avtomobil yölining 503 kilometrida harakatlangan JAC rusumli miniven Volvo rusumli yuk avtomobili bilan töqnaşgan, natijada miniven içida bölgan Özbekistonning 9 nafar fuqarosidan 7 nafari voqea joyida halok bölgan, 2 nafar yölovçi turli darajada tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan va tibbiy muolajalar körsatilmoqda.
Ma’lum qilinişiça, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga asosan Favqulodda vaziyatlar, Taşqi işlar, Içki işlar, Soğliqni saqlaş va Transport vazirliklari, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi va boşqa tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida vafot etgan va jabrlangan fuqarolarni vatanga olib keliş yuzasidan kerakli barça zarur çora-tadbirlar körilmoqda.
Rossiya tergov qömitasining ma’lumotiga köra, JAC mikroavtobusi Moskva şahri tomon harakatlanib ketayotgan paytda qarşi yönalişga çiqib ketgan va Volvo yuk maşinasi bilan töqnaşgan.








