11 yanvarga ötar keçasi Rossiyaning Penza oblasti Nijnelomovsk rayonida Volvo rusumli yuk maşinasi hamda miniven örtasida yöl-transport hodisasi sodir böldi. RF tergov qömitasi YTH oqibatida minivendagi yetti kişi, jumladan maşina haydovçisi ham voqea joyida halok bölgani haqida xabar bergan.
Nijnelomovsk rayon prokurori Andrey Yaroşning ma’lum qilişiça, minivenda Özbekiston fuqarolari harakatlangan.
RIA Novosti öz manbasiga tayanib xabar berişiça, hodisa qurbonlari soni sakkiz nafarni taşkil etmoqda – jabrlangan ikki kişidan biri şifoxonaga olib boriş vaqtida jon bergan, yana biri oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan. Agentlikning qayd etişiça, minivenga Özbekiston raqam belgilari taqilgan.
YTHning ayrim tafsilotlari ma’lum bölgan: JAC miniveni haydovçisi, 1981 yilda tuğilgan şaxs Moskva tomon harakatlanişda qarama-qarşi yölakka çiqib ketgan va Volvo yuk maşinasiga urilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Rossiya Jinoyat Kodeksining 238-moddasi 3-bandi (iste’molçilar xavfsizligi va soğliğini ta’minlaş talabiga javob bermaydigan ravişda xizmat körsatiş va ehtiyotsizlik oqibatida ikki va undan köp odamlarning ölimiga sababçi böliş) asosida jinoyat işi qözğatilgan.
- UPD: Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi bu ma’lumotni tasdiqladi. «Rossiyaning Penza viloyati Nijnelomovsk tumanida 2024 yil 11 yanvarda yuz bergan avtotöqnaşuvda halok bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolariga Özbekistonning Qozon şahridagi Boş konsulxonasi hamda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi vakillari tomonidan tan jarohat olgan fuqarolarga va marhumlarning jasadlarni Özbekistonga jönatişda kerakli amaliy yordam körsatilmoqda va joylarda kerakli işlar olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

















