Özbekiston hukumati va parlamenti 2024 yildan boşlab sement işlab çiqarişga möljallangan ohaktoş böyiça soliq stavkasini salkam 4 barobarga: tonnasiga 22 500 sömdan 6 ming sömgaça pasaytirdi.

Vaholanki, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023 yil oxirida e’lon qilgan budjetnomada bu stavkani 2 barobarga – 22 500 sömdan 11 250 sömgaça sömgaça tuşiriş rejasi körsatilgan edi.

Rasmiylar izohiga köra, soliq stavkasining kamaytirilişi “sement mahsulotlari narxining keskin oşişi hamda narxlarning kötarilişiga yöl qöymaslik”, “mahalliy işlab çiqaruvçilarning xorijiy sement yetkazib beruvçilar oldida raqobatbardoşligini oşiriş” maqsadlari bilan boğliq.

Raqamlar: Tsement işlab çiqariş 4 yilda 39 foizga oşgan

Iqtisodiyot va moliya vazirligining Gazeta.uz'ga ma’lum qilişiça, sönggi yillarda mamlakatda sement işlab çiqariş quvvatlari 1,8 baravarga oşgan (2019 yildagi 15,1 mln tonnadan 2023 yilda 26,7 mln tonnagaça).

Bu davrda işlab çiqariş hajmi 1,4 baravarga – 10,9 mln tonnadan 15,2 mln tonnagaça köpaygan. Bu vaqtda sementga bölgan talab 1,2 baravar – yiliga 13,8 mln tonnadan 16,5 mln tonnagaça oşgan.

IMVga köra, 2024 yilda zavodlar quvvati 30 foizga yoki 7,9 mln tonnaga köpayib, 34,6 mln tonnagaça, işlab çiqariş hajmi esa 10 foizga yoki 1,6 mln tonnaga oşib, 16,7 mln tonnagaça yetişi mumkin. Import esa 1 mln tonnagaça qisqarişi kutilmoqda (kamayiş – 57 foiz yoki 800 ming tonna).

Vazirlik mahalliy korxonalar içki bozordagi talabning 98 foizini qoplay olişini prognoz qilgan.

“Soliq stavkasining kötarilişi sement narxlari oşişiga olib keldi”

Holat yuzasidan “Özsanoatqurilişmateriallari” uyuşmasi qöşimça izoh berdi. Ta’kidlanişiça, 2019 yilgaça ohaktoş uçun yer qa’ridan foydalanganlik soliq stavkasi 5 foizni taşkil qilgan. 2019 yildan boşlab esa bu miqdor oşirilgan va har bir tonna işlab çiqarilgan ohaktoş uçun 22,5 ming söm (yoki ohaktoş tannarxining 75 foizi) etib belgilangan.