Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xanti-mansilar muxtor okrugida 2023 yilda o‘g‘il bolalarga eng ko‘p Muhammad ismi qo‘yildi
Muhammad ismi Xanti-Mansilar muxtor okrugida 2023 yilda o‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ism bo‘ldi.
2023 yilda Xanti-Mansilar muxtor okrugi - Yugrada 348 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq Muhammad ismi bilan berilgan tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani oldi.
Qizlar o‘rtasida Sofiya yetakchilik qilmoqda: 305 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq shu nom ostida ro‘yxatga olingan. Bu haqda Ura.ru mahalliy FHDYo ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Shuningdek, 2023 yilda eng ko‘p qo‘yilgan o‘g‘il bolalar ismlari qatoriga Aleksandr (295 chaqaloq bu nomni oldi), Mixail, Matvey, Artyom ham kirdi. Eng ko‘p qo‘yilgan qiz bolalar ismlari orasida Yeva (241 yangi tug‘ilgan chaqaloqqa shunday nom berilgan), Anna, Mariya, Omina bor.
Ma’lumot uchun, Xanti-mansilar muxtor okrugi (1940 yilgacha Ostyak-vogullar milliy okrugi) - Rossiya Federatsiyasi Tyumen viloyatidagi muxtor okrug. 1930 yil 10 dekabrda tashkil etilgan.
Aholisi 1,4 mln kishi (2002), xantilar, mansilar, ruslar, ukrainlar, tatarlar va boshqa millat vakillari yashaydi. Markazi — Xanti-Mansiysk. Asosiy shaharlari — Surgut, Nijnevartovsk, Nefteyugansk.
Mavzuga oid
11:36 / 06.12.2024
Muhammad 2023 yil Angliya va Uelsda o‘g‘il bolalarga eng ko‘p qo‘yilgan ism bo‘ldi
10:11 / 22.08.2019
TIV Xanti-Mansiyskda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qildi
12:50 / 07.01.2018
Muhammad ismi Avstriyada eng ko‘p qo‘yilayotgan ismlar uchtaligiga kirdi
17:10 / 20.09.2017