Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
100 ming ishchi kasb-hunar va tilga o‘rgatilib, chet el korxonalariga ishga yuboriladi
Prezident bandlik tizimiga kiruvchi kasbga tayyorlash muassasalari faoliyati talab darajasida emasligini ta’kidladi. Yevropa va Osiyoning rivojlangan mamlakatlari bilan kelishuvlar doirasida 150 ming ishchiga buyurtma berilgan bo‘lsa-da, bu mamlakatlarga bor-yo‘g‘i 9 ming ishchi yuborilgan.
Shavkat Mirziyoyev 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishda bandlik tizimiga kiruvchi kasbga tayyorlash muassasalari faoliyati talab darajasida emasligini ta’kidladi.
«Hozirda chet elda ishlayotgan vatandoshlarimizning aksariyati oddiy va og‘ir, kam ish haqi to‘lanadigan mehnat bilan shug‘ullanmoqda. Yevropa, Osiyoning rivojlangan mamlakatlari bilan juda katta kelishuvlar doirasida 150 ming ishchiga buyurtma berilgan bo‘lsa-da, bor-yo‘g‘i 9 ming ishchi yuborildi», — degan Shavkat Mirziyoyev.
Prezident shu munosabat bilan tashqi mehnat migratsiyasi tizimidagi ishlarni lozim darajada tashkil qilish muhimligini ta’kidladi. Davlat rahbari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga ish o‘rinlarini yaratish va aholini kasbga o‘qitish borasidagi kamchiliklarni bartaraf etib, 100 ming ishchiga kasb-hunar va til o‘rgatib, uyushgan holda chet el korxonalariga ishga yuborish vazifasini topshirdi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda 2023 yili 16 ta tuman va shaharda doimiy ish o‘rinlarini yaratish rejasi 70 foizga ham bajarilmagani ta’kidlandi. Bandlik idoralari esa ish so‘rab kelgan odamlarga osongina nafaqa tayinlashga o‘tib olgani tanqid qilindi.
Mavzuga oid
08:48 / 27.06.2026
Strategik resurslar xaritasi: qaysi davlat nimani nazorat qiladi?
19:59 / 26.06.2026
Bosh prokuratura tomonidan “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushirildi
17:52 / 26.06.2026
Vatanparvar jurnalistlarni o‘zimga do‘st va maslakdosh deb bilaman - Shavkat Mirziyoyev
21:12 / 25.06.2026