Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tergov qiladigan idoraga aylantiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ma’lum qilinishicha, hozirda yashirin iqtisodiyot va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan 14 ta organ tarqoq holda shug‘ullanmoqda. Ularning faoliyatini muvofiqlashtiradigan yaxlit ish tizimi yo‘q.
Shuning uchun yashirin iqtisodiyot bilan kurashish yangi pog‘onaga olib chiqiladi.
Shu maqsadda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyati kuchaytiriladi.
Qayd etilishicha, shu paytgacha Departamentning tergov yuritish vakolati bo‘lmagani va qonunlarda juda ko‘p huquqiy kolliziyalar mavjudligi sababli samarali ishlay olmagan.
Misol uchun, hozirgi kunda “obnal firma”ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish olti oygacha vaqt oladi. Bu davrda qo‘shtirnoq ichidagi uddaburonlar barcha noqonuniy ishlarini yakunlashga ulguradi.
Shularni hisobga olib, Departament chuqur tahlil, tezkor-qidiruv, taftish va o‘zi tergov qiladigan idoraga aylanadi. Uning rahbari bir vaqtning o‘zida Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
O‘zbekiston | 08:28
-
Bryanskda yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor
Jahon | 05:14
-
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
Sport | 01:49
-
Mashhurlar ishtirokidagi futbol turnirida janjal uyushtirganlardan biri 10 sutkaga qamaldi
Sport | 01:30
Mavzuga oid

14:42 / 06.05.2025
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 20 foizga oshdi

16:15 / 02.05.2025
Xorazmda 2025 yilda 7 ming xonadonli 200 ta ko‘p qavatli uy quriladi

21:50 / 30.04.2025
AQSh iqtisodiyoti 2022 yildan beri birinchi marta qisqardi – OAV

22:09 / 23.04.2025