Rossiyaning Penza oblastidagi YTHda halok bölganlarning jasadi Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida Özbekistonga olib kelindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, prezident topşiriğiga asosan Hukumat farmoyişi bilan taşkil etilgan işçi guruh 12 yanvar kuni Penza oblastiga yetib borib, Rossiya Federatsiyasining mas’ul idoralari rahbarlari bilan uçraşgan hamda hamkorlik asosida taşkiliy va amaliy harakatlar olib borilgan. Şundan söng maxsus bort Rossiya Federatsiyasidan uçib, 13 yanvar kuni soat 6:50 larda “Urganç” xalqaro aeroportga kelib qöngan.
Jarohatlangan fuqarolarning 1 nafari 12 yanvar kuni tonggi vaqtda Penza şahridagi şifoxonada şifokorlarning muolajalariga qaramasdan vafot etgan.


Favqulodda vaziyatlar, Içki işlar, Taşqi işlar, Soğliqni saqlaş va Transport vazirliklari hamkorligida vafot etgan fuqarolarning jasadlari yaşaş manzillariga yuborilgan. Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan dafn marosimlarini ötkaziş yuzasidan tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.
Qöşimça qilinişiça, jarohatlangan yana 1 nafar fuqaro Penza şahridagi kasalxonada, davolaniş işlari yakuniga yetgandan söng Özbekistonga qaytariladi.
Eslatib ötamiz, 11 yanvarga ötar keçasi Rossiyaning Penza oblasti Nijnelomovsk rayonida Volvo rusumli yuk maşinasi hamda miniven örtasida YTH sodir bölişi oqibatida 7 nafar Özbekiston fuqarosi halok
. Voqeadan söng Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev YTHda halok bölganlarning jasadlarini olib keliş böyiça tegişli idoralarga topşiriq
.


















