Şavkat Mirziyoyev 15 yanvar kuni geologiya sohasida qilingan işlar va rejalar taqdimoti bilan tanişdi.
Qayd qilinişiça, bu sohaga yiliga 1 trillion sömdan mablağ ajratilib, zarur şaroitlar yaratilmoqda. Buning natijasida 31 ming kvadrat kilometr yangi hududlar örganilgan. Xususiy sektor uçun yaratilgan imkoniyatlar evaziga noruda konlarga investorlar jalb qilingan. Bugungi kunda sohada 1 milliard 700 million dollarlik investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Lekin sohada hali foydalanilmagan imkoniyatlar köp, konlar va ularni özlaştiriş kölamini kengaytiriş mumkin.

Taqdimotda şu boradagi istiqbolli loyihalar, xususan, joriy yilga möljallangan rejalar töğrisida axborot berildi. Davlat rahbari uni tinglab, yaqin va uzoq istiqbolda amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalarni belgilab berdi. Bu sohada uzoqni közlaş va zamondan ilgari yuriş muhimligi ta’kidlandi. Geologiya-qidiruv işlarini kengaytiriş, aniqlangan zaxiralarni samarali özlaştiriş çora-tadbirlari muhokama qilindi.
Sohaga xorijiy texnologiyalar va investitsiyalar jalb qilişni davom ettiriş, bu orqali geologik qidiruvlar va qazib oliş natijadorligini oşiriş vazifalari qöyildi.
Aholi, ijtimoiy soha va sanoat tarmoqlari ehtiyojidan kelib çiqib, kömir qazib çiqariş hajmini 22 foizga oşiriş zarurligi körsatib ötildi. Ilğor xorijiy tajriba asosida, boyitiş çiqindilarini qayta işlaş masalasiga ham e’tibor qaratildi.












