Rossiyalik siyosatşunos Vyaçeslav Morozov Estoniyada Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda gumonlanib hibsga olindi. «Estoniyaning Xaryus uyezd sudi Tartu universiteti sobiq professori, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Vyaçeslav Morozovni ikki oyga hibsga oldi, u 3 yanvar kuni Estoniyaga qarşi Rossiya foydasiga razvedka faoliyatida gumon qilinib uşlangan», deb xabar berdi davlat prokurori Triyna Olev 16 yanvar, seşanba kuni.

Hozirça tergov tafsilotlari oşkor qilinmayapti. Mazkur holat böyiça davlat prokuraturasi körsatmasi böyiça Xavfsizlik politsiyasi departamenti tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Rossiya maxsus xizmatlarining Estoniyaga qiziqişi 

Xavfsizlik politsiyasi boş direktori Margot Palosson Morozov hibsga olinişini izohlar ekan, Rossiya maxsus xizmatlarining Estoniyaga qiziqişi yuqoriligiça qolayotganini ta’kidladi. «Hozirgi iş öndan ortiq oldingi holatlarga qöşimça bölib, Rossiya maxsus xizmatlarining Estoniya hayoti turli sohalariga, jumladan, ilmiy tadqiqot sektoriga kirib boriş istagini körsatadi», dedi u. 

Vyaçeslav Morozov Tartu universitetining Şyutte institutida siyosatşunoslik professori bölib işlagan. Institut rahbari Kristiina Tinisson Rus.ERR portaliga Morozovga nisbatan gumon paydo bölgaç, u bilan mehnat munosabatlari töxtatilganini tasdiqladi. 

Estoniyaning ETIS ilmiy axborot tizimi ma’lumotlariga köra, Vyaçeslav Morozov 2010 yilgaça Sankt-Peterburg davlat universitetida işlagan, keyin esa Tartu universiteti bilan hamkorlik qilgan. 2016-2023 yillarda Tartuda Yevropa Ittifoqi va rusşunoslik kafedrasi professori, 2023 yil 1 sentabrdan 2024 yil 11 yanvargaça xalqaro siyosat nazariyasi professori lavozimlarida işlagan.