Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Ğazo sektoridagi harbiy operatsiya yakunlanganidan keyin Falastin davlatini yaratiş imkoni yöqligini aytdi va bu pozitsiyasini AQŞ rasmiylariga yetkazdi.
«Kelajakdagi har qanday kelişuvlarga köra... Isroilga Iordan daryosining ğarbiy qismidagi barça hududda xavfsizlik nazorati kerak. Bu [Falastinning] suverenitet ğoyasiga ziddir. Xöş, biz nima qila olamiz? Boş vazir döstlarga «yöq» deyişga qodir bölişi kerak», dedi u.
Şu bilan birga, The Times of Israel naşrining yozişiça, Netanyahu bunday siyosat Isroilning arab davlatlari bilan munosabatlarini yaxşilaşda davom etişiga tösqinlik qilmasligini ta’kidlagan.
U, şuningdek, Isroil HAMAS guruhi töliq mağlub bölgunga qadar va maqsadlariga erişmagunça unga qarşi kuraşni davom ettirişini aytdi, garçi «ğalaba uçun köp oylar kerak bölsa-da». Uning sözlariga köra, Ğazodan Isroilga heç qaçon tahdid kelmasligini ta’minlaş kerak.
Netanyahuning ta’kidlaşiça, operatsiyani hozir töxtatiş «Isroilning keyingi avlodlari xavfsizligiga zarar yetkazadi» va muxoliflarga mamlakat zaifligini körsatadi.
18 yanvar kuni Davosdagi forumda sözga çiqqan AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Falastin davlatining taşkil etilişi Yaqin Şarqdagi vaziyatni barqarorlaştirişi va uzoq muddatda Isroil xavfsizligini kafolatlaşini tuşuntirgan edi. Şu bilan birga, davlat kotibining işontirişiça, Isroilning boşqa mintaqa davlatlari bilan integratsiyalaşuvi Eron va unga böysunuvçi kuçlarni, jumladan husiylarni ham yakkalab qöyadi. Şu bilan birga, Blinken Isroil bu imkoniyatdan foydalaniş kerakligi yoki yöqligini özi hal qilişi lozimligini ta’kidladi.













