Britaniyada harbiylar sinov davomida birinçi marta DragonFire uzoq masofali lazer yönaltirilgan energetik qurol tizimidan foydalangan holda havo nişonlarini urişga muvaffaq böldi, deb xabar berdi 19 yanvar, juma kuni mamlakat mudofaa vazirligi.
Sinovlar Şotlandiyadagi Hebrid poligonida bölib ötdi. DragonFire lazerining diapazoni maxfiylaştirilgan, deb xabar berdi Britaniya hukumati. Qöşimça qilinişiça, qurol «har qanday körinişga ega nişonni» aniq möljalga olişi mumkin. The Times naşrining yozişiça, sinov davomida DragonFire bir neça kilometr masofadan yaqinlaşib kelayotgan dronlarni yöq qilgan.
Britaniya Mudofaa vazirligi yangi qurol kelajakda «ma’lum vazifalarni» bajariş uçun raketalarga arzon muqobil variant bölişi mumkinligini ta’kidladi. «Energiya qurollari nişonlarga yoruğlik tezligida tegadi va ularni nur yordamida yöq qiladi», - deya tuşuntirilgan majmuaning işlaş tamoyili. Bir lazer zarbasi 10 funt sterling turadi, deya ma’lum qildi idora. Uning aniqligi bir kilometr masofadan tangani aniq uriş bilan teng.
Muvaffaqiyatli sinovlar «tegişli masofalarda havo nişonlarini möljalga oliş qobiliyatini namoyiş etdi va uşbu texnologiyani joriy etiş yölidagi muhim qadamdir», — deya ma’lum qildi mudofaa vazirligi. Idora bayonotida aytilişiça, Britaniya armiyasi va dengiz floti uşbu quroldan havo mudofaasi uçun foydalaniş imkoniyatini körib çiqmoqda.









