Rossiyada harbiy komissarga o‘q uzgan Ruslan Zinin 19 yilga qamaldi
2022 yil sentabr oyida mahalliy harbiy komissarlik bo‘limida otishma sodir etgan Ust-Ilimskda yashovchi fuqaro terrorchilik, qurol-yarog‘ni noqonuniy saqlash va qurolni o‘zgartirish moddalari bo‘yicha aybdor deb topildi.

Foto: Picture Alliance
Birinchi sharqiy okrug harbiy sudi Irkutskda 19 yanvar, juma kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida Rossiyada safarbarlik boshlanganidan keyin harbiy komissarga qarata o‘q uzgan Ruslan Zininni 19 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda urushga qarshi harakatlari uchun ta’qibga uchraganlarni qo‘llab-quvvatlovchi «Zona solidarnosti» loyihasi xabar berdi.
26 yoshli Zinin terrorchilik harakati, qurol-yarog‘ni noqonuniy saqlash va qurolni o‘zgartirishda aybdor deb topildi. Sud qaroriga ko‘ra, u jazo muddatining dastlabki yetti yilini qamoqxonada, qolgan yillarini esa qattiq tartibli koloniyada o‘tkazishi kerak. Prokuratura Zininga 20 yil qamoq jazosini so‘ragan.
Harbiy komissarlikda safarbarlik boshlangandan keyingi otishma
Ruslan Zinin - Irkutsk viloyati Ust-Ilimsk shahridan yog‘och tashuvchi yuk mashinasi haydovchisi. Rossiya Federatsiyasida «qisman safarbarlik» e’lon qilinganidan besh kun o‘tgach, 2022 yil 26 sentabrda Zinin Ust-Ilimsk harbiy komissarligida o‘t ochdi va harbiy komissar Aleksandr Yeliseyevni og‘ir yaraladi. Voqeadan bir yarim oy o‘tib harbiy komissar kasalxonadan chiqarildi.
Zininning so‘zlariga ko‘ra, u chaqiruv qog‘ozini olgan ukasining safarbar etilishiga to‘sqinlik qilishga uringan. Bundan biroz oldin Zininning maktabdosh do‘sti Ukrainadagi urushda halok bo‘lgan. Zininning ukasi safarbar qilinmadi. Dastlab Tergov qo‘mitasi Zininga qarshi harbiy xizmatchi hayotiga tajovuz qilish va noqonuniy qurol olib yurish moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Zinin sudda hibsga olinganidan keyingi qiynoqlar haqida gapirdi
Hukm chiqarilishidan ikki kun oldin «Zona solidarnosti» Zininning sudda bergan ko‘rsatmasini e’lon qildi. Erkak hibsga olinganidan so‘ng darhol boshiga tushgan qiynoqlar haqida gapirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olinganidan keyin ikki kun davomida kishanlangan holda kamerada saqlangan.
«Men kishanlarda tabiiy ehtiyojlarni bajarishga, ovqatlanishga, uxlashga majbur bo‘ldim», dedi Zinin. Bundan tashqari, uning xabar berishicha, tergovchi birinchi so‘roq bayonnomasiga «haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan» ma’lumotlarni kiritgan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025