Men qaror qabul qiluvçilarga savol bergim keladi. 33 yil davomida “teplitsa” şaroitida imtiyoz, arzon kreditlar, preferensiyalar bilan qaysi sohani rivojlantira oldingizki – ular parazitlikdan, boqimandalikdan raqobatbardoşlik darajasiga çiqa oldi? Özbekiston xalqining çöntagini kovlaşdan, çöntagidagi bor mablağlarni suğurib olişdan erkin bozorda bemalol faoliyat körsatadigan, raqobat qila oladigan, sifat ustida işlaydigan, xarajatlarni minimallaştiradigan darajaga çiqa oldi? Birorta misol keltirib bera olişadimi?

Maişiy texnika işlab çiqaruvçilarga 5 foizdan kredit liniya taqdim etiladigan bölgan. Oxirgi marta Özbekiston 8 foizdan ham qimmatroqqa kredit oldi. Tasavvur qiling, Özbekiston özining suveren reytingini, budjet imkoniyati, iqtisodiy imkoniyatini hisobga olgan holda 8 foizdan kredit olyaptida, ularga 5 foizdan kredit berarkan. Bu qanaqa iqtisodiy mantiq? Ular haqiqat ham yaşaşga qobil bölsa, parazit bölmasa, oçiq bozordan kredit olsin. Özbekistonning 10 yoki 30 ming aholisini iş bilan ta’minlayapmiz deyotganlar oçiq bozordan kredit olsin. Özbekiston hukumati bizning nomimizdan 400 mln dollar kredit olarkan-da, ularga 5 foiz kredit liniyasini oçarkan, har bir kreditdan kamida 3 foiz bizning zimmamizga tuşadi.

Hali 15 foizgaça bölgan narx preferensiyasini gapirmayapman. Bu absurd, umuman absurd. Sodda tilda aytsam, “15 foiz nogironmiz, 15 foiz imtiyoz bermasangiz, biz heç narsaga yaramaydigan ojizmiz” deyiş bilan barobar bu. Özi 15 foizlik narx preferensiyasi oldin ham bor edi, şu imtiyozni oliş uçun davlat buyurtmasiga kamida 3 ta mahalliy işlab çiqaruvçi da’vogarlik qilişi kerak edi. Endi bitta bölsa ham kifoya.