Soliq va budjet siyosatining 2024 yilga möljallangan asosiy yönalişlariga köra, joriy yilning 1 aprelidan boşlab çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş xizmatlari uçun nol darajali stavka böyiça soliq solinişi bekor qilinadi.

Sanitar tozalaş işlarini taşkil etiş respublika markazi xabarida aytilişiça, mazkur tartib joriy etilişi böyiça mas’ul soliq organi tomonidan berilgan tuşuntirişga köra, xizmat körsatuvçi korxona tomonidan körsatiladigan sanitar tozalaş xizmatlari qiymatiga nisbatan qöşilgan qiymat soliği hisoblanadi.

Masalan, amaldagi xizmat qiymati 4000 sömni taşkil etsa, uşbu qiymatga nisbatan 1 apreldan boşlab 12 foiz miqdorda qöşilgan qiymat soliği hisoblanganda jami xizmat qiymati 4480 sömni taşkil etadi.

Yuqoridagi özgariş 2023 yil 28 dekabrdagi «Soliq va budjet siyosatining 2024 yilga möljallangan asosiy yönalişlari qabul qilingani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonunga köra amalga oşiriladi.

Toşkent şahrida yangi tariflar tasdiqlanganidan keyin çiqindilarni olib çiqiş tarifi oyiga 7500 sömni taşkil etadi. QQS bilan bu summa 8400 söm böladi.