Ukraina hukumati xalqaro mustaqil ekspertlar tomonidan Belgorod viloyatida Il-76 samolyoti qulagan joyni tekşirişni talab qilmoqda, hodisa oqibatida, Rossiya Federatsiyasi ma’lumotlariga köra, 65 nafar ukrainalik harbiy asir halok bölgan. Oliy radaning inson huquqlari böyiça vakili Dmitriy Lubinets BMT va Xalqaro qizil xoç qömitasiga halokat joyini tekşirişni sörab murojaat qildi. «Ukraina Il-76 samolyoti halokati böyiça şaffof xalqaro tergov ötkazilişini talab qiladi», — deb yozdi Lubinets 25 yanvar, payşanba kuni Facebook ijtimoiy tarmoğida.
Ombudsmanning sözlariga köra, u Kiyevga Rossiya uşbu taşkilotlarni harbiy asirlarni samolyotda taşigani haqida xabardor qilgani yoki qilmagani böyiça ham ma’lumot berişni söragan. Şu bilan birga, Dmitriy Lubinets xalqaro ekspertlar Rossiya Federatsiyasining «bayonotlari va ayblovlari»ga qaramay, «Olenovkadagi fojia holatida» bölgani kabi, halokat joyini tekşirişga ruxsat berilmasligiga işonç bildirdi.
«Harbiy asirlar uçun javobgarlik ularni uşlab turgan tomonda»
Bundan taşqari, Lubinets halokat kuni Ukraina va Rossiya Federatsiyasi örtasida asirlarni almaşiş rejalaştirilganligini tasdiqladi. «Jyeneva konvensiyalariga köra, harbiy asirlarning hayoti va soğliği uçun töliq javobgarlik ularni uşlab turganlar zimmasiga tuşadi. Bundan taşqari, harbiy asirlarni olib ötayotgan davlat ularning xavfsizligini töliq ta’minlaşi va asirlarning harakatlanişi töğrisida XQXQga xabar berişi kerak. Bu holatda mas’uliyat Rossiya zimmasiga yuklatiladi», - deya ta’kidladi u.
Ombudsmanning sözlariga köra, hozirda «samolyotda köp odamlar bölganligi haqida heç qanday ma’lumot yöq». «Mening fikrimça, bu Rossiya Federatsiyasi Ukrainaga qarşi taşviqot axborot kampaniyasini rejalaştirganiga yaqqol misoldir. Işonamanki, duşman harbiy asirlar masalasidan Ukraina içidagi vaziyatni beqarorlaştiriş va bizning qöllab-quvvatlaşni kamaytiriş uçun foydalanişda davom etadi», - deya qöşimça qildi u.
«SBU» samolyot halokati yuzasidan tekşiruv boşladi
Ayni vaqtda, Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) Il-76 samolyotining Belgorod viloyatida qulaşi holati yuzasidan tekşiruv boşladi. Uruş qonunlarini buziş moddasi böyiça jinoiy iş oçildi, deb yozadi «RBK-Ukraina» va «Ukrainskaya pravda» maxsus xizmatga tayanib. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy avvalroq Kiyev Il-76 halokati böyiça xalqaro tergov ötkazilişini talab qilişini aytgan edi.
Il-76 harbiy-transport samolyoti 24 yanvar kuni Belgorod viloyatining Koroçansk tumanida Yablonovo qişloği yaqinidagi dalaga qulab tuşdi. Viloyat gubernatori Vyaçeslav Gladkovning sözlariga köra, bortdagi barça odamlar halok bölgan. Telegram’dagi «Vajnyye istorii» va «ÇTD» kanallari Rossiya mudofaa vazirligiga tayanib, Il-76 bortida almaşiş uçun olib ketilayotgan 65 nafar ukrainalik asir, şuningdek, 6 nafar ekipaj a’zosi va 3 nafar hamrohlik qiluvçi şaxs bölganini ma’lum qildi. Rossiya mudofaa vazirligi halokatni «terror hujumi» deb atadi va buning uçun Kiyevni aybladi. Moskva talab qilgan BMT xavfsizlik kengaşining şoşilinç majlisi 25 yanvarga belgilangandi.













