
26 yanvar kuni Xalqaro sud Janubiy Afrikaning Isroilga qarşi da’vosi böyiça dastlabki qarorni qabul qilib, Isroilga Ğazo sektoridagi genotsid harakatlarining oldini oliş, unda iştirok etganlarni jazolaş va gumanitar vaziyatni yaxşilaş uçun barça çoralarni köriş böyiça körsatma berdi.
Sud hay’ati a’zolari Janubiy Afrika tomonidan söralgan deyarli barça çoralarni yoqlab ovoz berişdi, lekin Isroilning Ğazo sektoridagi harbiy amaliyotini zudlik bilan töxtatiş çorasi uçun emas.
Dekabr oyida Janubiy Afrika Isroilning Ğazo sektoridagi harbiy harakatlari falastinliklarga qarşi genotsid ekanini da’vo qilib, Xalqaro sudga murojaat etgan va uruşni töxtatiş uçun şoşilinç xalqaro aralaşuvni talab qilgan edi.
26 yanvar kuni Janubiy Afrikaning faqat Falastin tinç aholisini himoya qiliş uçun Isroilga zudlik bilan bosim ötkaziş talabi körib çiqildi, genotsid böyiça yakuniy hukmni çiqariş uçun esa yillar talab qilinişi mumkin.
Xalqaro sudning uşbu bosqiçda Janubiy Afrikani qöllab-quvvatlaşi Isroilga qarşi xalqaro sanksiyalarga olib kelişi mumkin.
Isroil barça ayblovlarni rad etmoqda va suddan işni butunlay rad etişni söradi.
Haagada joylaşgan Xalqaro sud BMT oliy sud instansiyasi hisoblanadi. U Isroilga Ğazodagi harbiy amaliyotni töxtatişni buyurişi mumkin. Biroq, bu Isroil sudning talablarini albatta bajaradi, degani emas.
7 oktyabr kuni HAMAS va boşqa kiçik guruhlar a’zolari Isroil janubiga bostirib kirib, 1300 kişini, asosan tinç aholi vakillarini öldirgan va 240 ga yaqin kişini garovga olgandi.
Şundan söng, Ğazodagi soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, Isroilning javob zarbalari oqibatida 25 mingdan ortiq kişi halok bölgan.
Tahlil: Isroilga uruşga munosabatini özgartiriş buyurildi
Sudya Isroilga uruşga bölgan munosabatini özgartirişni buyurdi. Bu esa janubiy afrikalik advokatlar ğalaba qozongani, isroilliklar esa mağlub bölganini anglatadi, deb hisoblamoqda BBC.
Sudya «Öt oçişni töxtatişingiz kerak» demadi, çunki xalqaro gumanitar huquqqa köra, mavjud şaroitda uruş qonuniydir va Isroil hujumga uçragan.
Ammo sudya Isroilning uruş olib boriş usulini tubdan özgartirişi kerakligini aytdi.














