2024 yil uçun «Taşabbusli budjet»ning birinçi mavsumi 1 fevraldan boşlanadi.
1-20 fevral kunlari loyihalarni kiritiş uçun ajratilgan. Loyihalarni saralaş 21 fevraldan 11 martga qadar davom etadi. Ovoz beriş jarayoni 12–31 mart kunlari ötkaziladi.
Qayd qilinişiça, uşbu mavsum uçun tuman va şahar budjetlari hisobidan 3 trln sömdan ortiq mablağ yönaltiriladi.
2024 yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1 mlrd 360 mln söm qilib belgilangan.
2023 yilgi «Taşabbusli budjet»ning birinçi mavsumida qariyb 56 ming taşabbus körsatilgan, 16 milliondan ortiq ovoz berilgan edi. Taşabbuslarning 33 ming 680 tasi tasdiqlandi. Ularga qariyb 2,9 trln söm mablağ yönaltirildi.
2023 yilgi «Taşabbusli budjet»ning ikkinçi mavsumida qariyb 50 ming taşabbus körsatildi, 18 milliondan ortiq ovoz berildi. Taşabbuslarning 33,5 mingtasi tasdiqlandi. Ularga 1,3 trln söm mablağ yönaltirildi.
Ilgari surilgan takliflarning 31 foizi içki yöllarni ta’mirlaşga oid böldi, 30 foizi mahalla hududini obodonlaştiriş tadbirlariga qaratildi. Maktablar böyiça 14 foiz, boğçalar böyiça 6 foiz, tibbiyot muassasalari böyiça 6 foiz taklif berildi.
Ğolib bölgan loyihalarning aksariyati içki yöllarni (piyodalar yölakçasi, yöl ötkazgiçlar) ta’mirlaş bilan boğliq böldi. Keyin örinda umumta’lim maktablarini ta’mirlaş va moddiy texnika bazasini rivojlantiriş, uçinçi örinda soğliqni saqlaş muassasalarini ta’mirlaş va moddiy texnika bazasini rivojlantiriş tadbirlari turibdi.
2023 yilda eng köp ğolib bölgan loyihalar Toşkent viloyatida — 122 ta. Ikkinçi örinda Samarqand viloyati — 113 ta. Uçinçi örinda Qaşqadaryo viloyati — 100 ta.








