Nyu-Yorkdagi hakamlar hay’ati jurnalist Elizabet Jin Kerrollning Donald Trampga nisbatan tuhmat töğrisidagi da’vosi böyiça hukm çiqardi - sobiq prezident 83,3 million dollar tovon tölaşi kerak.
2019 yilda Kerroll 90-yillarning örtalarida Tramp bilan bölgan voqeani e’lon qildi. Uning sözlariga köra, milliarder unga nisbatan jinsiy zöravonlik qilgan. Bunga javoban Tramp Kerollni tanimasligini va «özining didiga mos emasligini» aytdi.
2023 yil may oyida hakamlar hay’ati uni Kerrollga jinsiy tajovuzda aybdor deb topib, 5 million dollar jarimaga tortdi. Hukmdan keyin Tramp omma oldida Kerrollning sözlarini yolğon deb atadi.
Ikkinçi sud jarayonida hakamlar hay’ati Tramp bayonotlarini yomon niyatli deb topdi. Öz qarorida ular Trampga Kerrollning obrösini tökkani uçun nafaqat tovon puli tölaşni, balki qöşimça 65 million dollar miqdorida jarima tölaşni ham belgilaşdi.
Tramp jarayonni «jodugar ovi» va «siyosiy ta’qib» deb atadi va hukm ustidan şikoyat qilişini aytdi.













