Ukrainada uruşning 704-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • The Washington Post manbalari tasdiqlaşiça, AQŞ Ukraina böyiça yangi strategiyani tayyorlamoqda va unga köra, okkupatsiya qilingan hududlarni qaytarib oliş közda tutilmagan. Yangi strategiyadan maqsad — Ukraina qurolli kuçlariga Rossiya armiyasi hujumini qaytarişda yordam körsatiş, şuningdek mudofaa salohiyati va Ukraina iqtisodiyotini uzoq muddatli mustahkamlaş hisoblanadi.
  • Ukraina Harbiy asirlar böyiça muvofiqlaştiriş ştabi «Simonyan röyxati»dagi 65 kişi çindan ham 24 yanvar kuni almaştirilişi kerak bölganini tasdiqladi.
  • Erdöğan Şvetsiyaning NATOga a’zo böliş böyiça arizasini imzolagaç, AQŞ Davlat departamenti Turkiyaga F-16 qiruvçi samolyotlarini sotişni ma’qulladi. Bu samolyotlar sotuvi Jo Bayden ma’muriyatining Turkiyaga bosim ötkaziş uçun asosiy riçaglaridan biri edi.
  • Rossiya qöşini Ukrainaga sakkizta dron bilan hujum qildi. Ukraina QK ularning yarmi urib tuşirilganini ma’lum qilgan.
  • Ukraina harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanov Belgorod yaqinida Il-76 samolyoti halokatga uçragani yuzasidan izoh berarkan, «tomonlardan heç biri u yerda nima bölgani» böyiça töliq javob bera olmasligini aytdi.
  • Mahalliy naşrlarga köra, Gretsiya öz armiyasi foydalanmaydigan harbiy texnikalarni Ukrainaga yuborişga rozilik bergan.
  • Uruşga qarşi çiqqan «Bi-2» musiqiy guruhi a’zolari xabar berişiça, Pxuket orolidagi migratsiya politsiyasi hibsxonasida saqlab turilganini xabar qildi. Siyosatçi Dmitriy Gudkovning ma’lumotiga köra, RFning Pxuketdagi boş konsuli şaxsan migratsiya departamentiga qönğiroq qilib, musiqaçilarni qöyib yubormaslikni hamda ularni Rossiyaga deportatsiya qilişni talab etgan.
  • Germaniya kansleri Olaf Şols Yevropa mamlakatlarini Ukrainani qöllab-quvvatlaşni kuçaytirişga çaqirdi.

Kun kadri. «Qor fariştasi»ga aylangan ukrainalik askar 

Ukrainaning 80-desant-şturm brigadasi harbiysi Baxmut atrofidagi voronkaga tuşib, öz tanasi bilan «qor fariştasi» tasvirini hosil qildi. Uning brigadasi 2023 yil kuzida Baxmut janubidagi Kleşçiyevka posyolkasini ozod etişda qatnaşgan, endi esa qarşi hujumga ötgan Rossiya qöşiniga uşbu muhim qişloq ustidan nazoratni qaytarişiga tösqinlik qilmoqda.
Inna Varenytsia / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv frontidagi ukrainalik harbiy xizmatçilar