Parijda namoyişçilar «Mona Liza» kartinasiga şörva sepib yuborişdi. Usti öq ötkazmaydigan şişa bilan qoplangani tufayli kartinaga zarar yetgani dargumon.
Kuzatuv kamerasida olingan videoda ikki namoyişçi «soğlom oziq-ovqat huquqi» talab qilayotganini köriş mumkin.
«Nima muhimroq? San’atmi yoki soğlom va ekologik toza ovqatlaniş huquqimi? Bizning qişloq xöjaligi tizimimiz kasal!» — deya baqirişgan ular.
Sönggi kunlarda Fransiya poytaxtida fermerlarning norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. Juma kuni namoyişçilar Parijga olib boruvçi asosiy yöllarni tösib qöyişgan.
Namoyişçilar yonilği narxi oşişi, Ukrainadan ğalla importi, şuningdek qişloq xöjaligidagi byurokratik tartiblarning qiyinçiliklaridan norozi bölişmoqda.
«Mona Liza» muntazam ravişda vandalizm harakatlariga duçor böladi. Hozirgisi — 1956 yildan buyon oltinçisi
Leonardo da Vinçining XVI asrda möyqalamda çizgan uşbu noyob portreti — dunyodagi eng maşhur san’at asarlaridan biridir. Kartina Parijdagi Luvr muzeyida saqlanadi.
Jokonda 1956 yilda Fransiya janubidagi Montoban şahri muzeyida ötkazilgan körgazma vaqtida ilk bor suiqasdga uçragandi. Taşrif buyurganlardan biri kartinaga sulfat kislota sepib, polotnaning quyi qismini şikastlagandi.
Öşa yili (bu yil Mona Liza uçun ança omadsiz yil bölgandi) boliviyalik Ugo Ungaza Villegas unga toş otgandi, öşanda Jokondaning çap tirsak qismida sezilmas iz hosil bölgandi. Ayrim manbalarga köra, Villegas Mona Lizani ona sifatida sevib qolgani, ammo birdan u özining ustidan kulayotganini sezib qolgaç, bunga çiday olmaganini aytib bergan.
Şundan keyin kartinani öq ötkazmaydigan şişa bilan himoyalaşga qaror qilişadi.
1974 yilda esa yaponiyalik sayyoh kartina tomon böyoq töldirilgan şişani uloqtiradi, u nima maqsadda bunday qilgani noma’lum — ammo kartinani şikastlanişdan aynan himoya şişasi saqlab qolgandi. Bu voqeadan keyin «Mona Liza»ning himoyasi yanada kuçaytirilib, u öq ötkazmaydigan şişalardan maxsus tayyorlangan qutiga joylaştirilgan.
Ammo bu çoralar ham Jokondadan nafratlanuvçilar unga «suiqasd» qiliş holatlariga barham bermaydi. Xususan, 2009 yil avgustida rossiyalik sayyoh «Mona Liza» tomon krujka otadi, ammo himoyalovçi ekran yana iş beradi, sayyoh esa politsiya uçastkasiga olib ketiladi.











