Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev duşanba kuni bölib ötgan yiğilişda qurilişni «korrupsiyadan xoli sohaga»ga aylantiriş böyiça çora-tadbirlarni ma’lum qildi.

Şu maqsadida 1 iyuldan:

  • qurilişda tuziladigan barça şartnomalar raqamlaştiriladi;
  • pudratçi taşkilotlar bajargan quriliş işlari faqat soliq organiga taqdim etilgan elektron hisob-fakturadan kelib çiqib moliyalaştiriladi;
  • obektni foydalanişga qabul qiliş jarayoni raqamlaştirilib, dalolatnomalar «Şaffof quriliş» orqali tasdiqlanadi;
  • 10 milliard sömdan ortiq loyihalar böyiça subpudratçilarni faqat va faqat «Şaffof quriliş» tizimi orqali tanlaş tartibi yölga qöyiladi. Uşbu tartib xalqaro moliya taşkilotlari bilan amalga oşirilayotgan loyihalarga ham tatbiq etiladi;
  • işlab çiqaruvçi ham, quruvçi ham, nazorat qiluvçi ham qayerda qaysi quriliş materiali qança pul turişini onlayn kuzatib boradigan tizim böladi.

Qurilişda loyihalaştirişni tartibga soliş maqsadida Quriliş vazirligida Loyiha ofisi tuzilişi belgilandi. U:

  • qiymati 10 milliard sömdan yuqori loyihalarni işlab çiqiş jarayonida ularning xavfsizlik va energiya tejamkorlikka javob berişini, qiymati sun’iy oşib ketmaganini loyihaçilar bilan birga baholab boradi;
  • har yili maktab, boğça, tibbiyot, yöl, içimlik suvi va issiqlik ta’minoti kabi sohalarning har birida kamida 2−3 tadan namunaviy loyihalar işlab çiqadi.

Bundan buyon, Loyiha ofisining tavsiyasi bölmagan loyiha hujjatlari davlat ekspertizasiga qabul qilinmaydi.

Mutasaddilarga eskirgan 105 ta quriliş normalarini ilğor xorijiy tajriba asosida qayta işlab çiqiş topşirildi.

Boş prokuraturaga quriliş materiallari sohasida qazib olişdan tortib, tayyor mahsulotni iste’molçiga yetkazişgaça barça jarayonlarda yaşirin iqtisodiyotga çek qöyiş böyiça tizim yaratiş vazifasi qöyildi.

Budjet hisobidan qilinadigan barça xaridlar Soliq qömitasining «Ye-ombor» platformasi orqali amalga oşiriladigan tartibni joriy qiliş, quriliş materiallari klassifikatori elektron platformasini işga tuşiriş yuzasidan ham topşiriqlar berildi.

Davlat rahbari qurilişdagi mavjud şaroitlar loyihaçilarni «soyada» işlaşga majbur qilayotgani, loyiha narxini oşirib yuborayotgani, korrupsiya loyihani loyihalaş, tender, quriliş va loyihani qabul qiliş bilan boğliq barça jarayonlarni qamrab olganini ta’kidladi. Sohada endilikda «resurs usuli» örniga «hajm usuli»ni joriy etiş