Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat aholisini ikki yillik oziq-ovqat zaxiralarini yaratişga çaqirdi.
«Sönggi yillarda men har doim aytganman, mamlakatdagi har bir oila ikki yilga yetadigan zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanişi kerak», dedi prezident har yili nişonlanadigan Sada bayrami şarafiga yuborilgan tabrigida.
Rahmon dunyoda iqlim özgarişi, aholi sonining köpayişi, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning yomonlaşuvi bu masalani ayniqsa dolzarb qilib qöyayotganini alohida ta’kidladi.
Şu nuqtai nazardan, ikki yilga möljallangan oziq-ovqat zaxiralarini yaratiş, uning fikriça, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşning muhim çorasiga aylanadi.
«Har bir inson yanada köproq mehnat qilişi, yer-suvdan unumli va oqilona foydalanişi, imkon qadar köproq mahsulot işlab çiqarişi, milliy strategik maqsad – mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini muhofaza qilişga öz hissasini qöşişi zarur», deb ta’kidladi prezident.













