Ötgan yillar davomida avtomobillar uçun oldindan tölovlarni amalga oşirgan, biroq belgilangan muddatda maşina yetkazib berilmagan yoki tölangan pullar qaytarib berilmayotgani holati böyiça 2000 ga yaqin murojaatlar kelib tuşgan. Bu haqda Raqobat qömitasi xabar berdi.
Mazkur murojaatlarning asosiy qismi «Umid avto companies» MÇJ, «Orient avto lizing» MÇJ va «Imkon avto» MÇJ, «Mega auto lizing» MÇJ, «AVTO 60-OY» MÇJ, «Avtohamkor 0 foiz» MÇJ va boşqa korxonalar hissasiga töğri keladi.
Bu korxonalar iste’molçilarning pul mablağlarini qisqa muddatda yangi avtomobil olib beriş va’dasi bilan jalb qilib, öz majburiyatlarini boşqa iste’molçilardan jalb qilingan mablağlar evaziga qoplaş va iste’molçilardan olingan pullarni qaytarişni bir yildan ortiq muddatga keçiktiriş (uşlab turiş) kabi holatlarga yöl qöymoqda.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan «Umid auto leasing», «Umid lizing Tashkent», «Umid auto», «Umid avto Tashkent», «Umid avto lizing», «Mega Avto Leasin-Hamkor», «Mega Avto Leasin», «Samo Rimmax Avto», «Rimmax Auto Leasin», «Ishonch Auto Leasin», «Asr Auto Leasin», «Baraka Avto Baraka Business» MÇJlar mansabdor şaxslariga nisbatan huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan jinoyat işlari qözğatilgan.
«Biroq bugungi kunda uşbu kabi korxonalar mansabdor şaxslari tomonidan iste’molçilarni çalğitiş yoki işonçni suiiste’mol qiliş yöli bilan pul mablağlarini jalb qiliş kabi huquqbuzarliklarni davom ettirmoqda hamda ular faoliyati ustidan iste’molçilardan köplab şikoyat arizalari kelib tuşmoqda. Qolaversa, «AVTO 60-OY» va «Avtohamkor 0 foiz» kabi aholining milliardlab pullarini özlaştirgan avtolizing firmalar haqida juda köp marta gapirilgan bölsa-da, ayrim fuqarolarimiz hamon bunday firmalar aldoviga işonmoqda.
Hurmatli fuqarolar, avtolizing firmalar bilan şartnoma tuziş (imzolaş) va ularga pul tölaşdan avval şartnoma şartlari bilan yaxşilab tanişing, unda tölovlar talablari va muammoli vaziyatlarda uning qaytarib oliş muddati va şartlari bilan töliq tanişib çiqing, firma işonçliligini axborot manbalaridan tekşiring, har qanday aldov va va’dalarga işonmang», deyiladi qömita xabarida.













