Ukrainada uruşning 705-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukrainalik bir qança deputatlar va naşrlar Ukraina QK boş qömondoni Valeriy Zalujniyning iste’fosi haqida yozişdi. Ukraina mudofaa vazirligi bu xabarlarga raddiya berdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy keçki videomurojaatida Zalujniy haqida heç narsa demadi.
- Rossiya mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar Xarkiv oblastidagi Tabayevka qişloği egallanganini ma’lum qildi. Ukraina QK buni rad etdi.
- Zelenskiy Germaniyadagi ARD telekanaliga bergan intervyusida ukrain armiyasida 880 ming kişi borligini ma’lum qildi va köçada çaqiruv qoğozlari tarqatişni notöğri çora deb atadi.
- Rossiya qöşini Ukrainaning Mikolayiv, Dnipropetrovsk, Xmelnitskaya va Rivne oblastlariga sakkizta dron hamda törtta raketa bilan hujumlar uyuştirdi. Ukraina QK ma’lumotiga köra, dronlarning barçasi urib tuşirilgan. Hujum oqibatlari yuzasidan ma’lumot yöq.
- FT naşri yozişiça, Yevroittifoq Ukrainani qöllab-quvvatlaşdan boş tortadigan bölsa, Vengriya iqtisodiyotiga putur yetkazişga tayyor. Budapeştdagilar esa bunday tahdiddan bexabarliklarini va Vengriya «bosimga böysunmasligi»ni bildirişgan.
- «Kommersant» naşri tasdiqlaşiça, Rossiyaning uç regionida LTE interneti öçirilişi «dronlarga qarşi mudofaa tizimini sozlaş» işlari bilan boğliq.
- Yaroslavlda dron neftni qayta işlovçi zavodga hujum qildi. Gubernator Vasiliy Golubev «şahar taşqarisidagi lagerda bir neça korpus devorlari hamda oynalari qisman şikastlangani»ni ma’lum qilgan. Uning ma’lumotiga köra, jabrlanganlar yöq.
Donetsk öqqa tutilişi
Ukraina qöşini 29 yanvar kuni Donetskni öqqa tutdi. Zarba okkupatsiya ostidagi şaharning şarqiy qismidagi Kalinin rayoniga berilgan. Moskva tomonidan tayinlangan mer Aleksey Kulemzinning xabariga köra, uç kişi halok bölib, beş kişi yaralangan. Hujum vaqtida vraçlik dispanseri şikastlangan. Ukraina tomoni bu hujum yuzasidan izoh bermadi.

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA





















